
Jamiyat
Foto: Gazeta.uz
Fuqarolar jamoat joylarida tartibni saqlash uchun beshta muhim qoidani yodda tutishlari lozim.
1-qoida — Jamoat joylaridagi barcha qonun va qoidalarga amal qilish. Bunda jamoat joylarida tamaki chekish, spirtli ichimliklar isteʼmol qilish yoki ovozni balandlatish kabi taqiqlangan harakatlardan tiyilish nazarda tutiladi.
2-qoida — Boshqa fuqarolarga nisbatan hurmat va odobni saqlash. Ushbu qoida navbatda turish, boshqalarga yoʻl berish va jamoat transportida oʻrin berish kabi odob-axloq qoidalariga amal qilishni oʻz ichiga oladi.
3-qoida — Tozalikka rioya qilish. Jumladan, har bir shaxs jamoat joylarini toza saqlash uchun chiqindilarni maxsus belgi qoʻyilgan joylarga tashlash shart. Bu bilan u atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam berish bilan birga oʻz burchini ham bajargan boʻladi.
4-qoida — Xavfsizlik qoidalariga amal qilish. Fuqarolar jamoat joylarida xavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozim. Bunga yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, xavfsizlik belgi va koʻrsatmalariga amal qilish kabilar kiradi.
5-qoida — Jamoat mulkini muhofaza qilish, uni ehtiyotlash va buzmaslik. Masalan, har bir shaxs xiyobonlar, oʻrindiqlar, fontanlar va boshqa jamoat joylarini muhofaza qilishni oʻzlarining burchi va vazifasi deb bilishi lozim.
Mazkur 5 ta qoidadan tashqari jamoat joyida quyidagi xatti-harakatlarni amalga oshirish ham taqiqlanadi:
▪️ tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, shuningdek chilim va elektron sigaretalar chekish;
▪️ uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish;
▪️ alkogol mahsulotini isteʼmol qilish;
▪️ tilanchilik qilish;
▪️ roʻyxatdan oʻtkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalanish;
▪️ it va mushuklarni tumshuqbogʻsiz va yetovsiz olib yurish.
Maʼlumot uchun, fuqarolarning jamoat joylarida mazkur harakatlarni sodir etishi maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q