Jamiyat
Prezident 15-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurib, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va uning Muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif avvalo mazkur maktabdan boshlandi.
Taʼlim maskanida Germaniya tajribasi asosida yiliga 480 nafar muhandis tayyorlanadi va ming nafar xodimning malakasi oshiriladi.
Dars jarayonlari, yoʻnalish va mavzulardan kelib chiqib, xorijlik professor-oʻqituvchilar ishtirokida olib boriladi.
Oʻquv dasturi Germaniyaning Frayberg konchilik akademiyasi, “GP Günter Papenburg AG” va “Aurubis AG” kompaniyalarining ilgʻor taʼlim metodologiyalari asosida ishlab chiqilgan.
Davlat rahbari maktab oʻquv xonalarida boʻlib, ish oʻrganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
“Zamon oʻzgaryapti, har bir sohaga innovatsiyalar kirib kelyapti. Shunga munosib malakali kadr boʻlish uchun doim oʻz ustingizda ishlashingiz kerak. Kombinat taqdiri raqamlashtirishda. Har bir boʻlimni, ishlab chiqarishning har bir bosqichini raqamlashtirish zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Hozirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilayotgan boʻlib, kelgusida unda ishlaydigan mutaxassislar hozirdan tayyorlanmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 20-iyuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi. Unda birinchi bosqichdayoq 10 ta oliy muhandislik maktabi tashkil etilishi aytilgandi.
Ushbu muhandislik maktablari oliy taʼlim muassasalari tarkibida yetakchi yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etiladi. Ularda matematika, fizika, kimyo, muhandislik grafikasi, informatika va xorijiy tillar boʻyicha chuqur bilim beriladi.
Bakalavriat va magistratura bosqichlari 4+1 shaklida yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda oʻz faoliyatini boshlagan maktablarning har biri uchun “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjirini mustahkamlash maqsadida sanoat hamkori belgilanadi.
Talabalar 2-kursdan ixtisosliklar boʻyicha saralab olinadi va sanoat hamkorlari uchun maqsadli kadrlarga aylantiriladi.
Sanoat hamkorlari oʻzi esa soha taraqqiyotidan kelib chiqib, zamonaviy laboratoriyalar barpo qiladi.
Bundan tashqari, mazkur maktablarning professor-oʻqituvchilari “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, tegishli hamkor va universitet mablagʻlari hisobidan yetakchi xorijiy muassasalarga malaka oshirishga yuboriladi.
Tashrifi davomida ana shu maqsadlarga toʻxtalib oʻtildi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q