Fayzulla Xoʻjayev ilmiy merosiga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi

Saqlash
20:03 / 22.12.2021 1082 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro viloyat boʻlimi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida Davlat va jamoat arbobi Fayzulla Xoʻjayev tavalludining 125-yilligiga bagʻishlab, “Fayzulla Xoʻjayev – mutafakkir, maʼrifatparvar va islohotchi” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi.

 

 

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro viloyat boʻlimi rahbari Marhabo Pardayeva Fayzulla Xoʻjayevning hayot yoʻli va ilmiy merosi keng tadqiq etilayotgani toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Fayzulla Xoʻjayevning oʻzbek yoshlarining ilm olishidagi harakatlari alohida eʼtirof etildi. Xususan, uning rahbarlik yillarida respublika umumtaʼlim maktablarida 18 tilda dars berilgan. Oliy oʻquv yurtlari soni 31 taga yetib, 86 ta texnikum tashkil qilingan.

 

Shuningdek, anjumanda onlayn tarzda ishtirok etgan Respublika hamda Buxoro viloyat “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, institutlarning professor-oʻqituvchilari ham oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//