Jamiyat
Hukumat qarori bilan yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, jamoat transporti vositalari harakatlanadigan tasmasi bor yoʻldan boshqa transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Biroq bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari harakatlanishi mustasno.
Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan foydalanishi taqiqlangan transport vositalari ayrim istisno holatlarda harakatlanishi mumkin. Bunda ular ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan to 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanish huquqiga ega.
Eʼtibor beriladigan jihati, mazkur yoʻlakda harakatlanib kelayotgan yoʻnalishli transport vositasi harakatiga toʻsqinlik qilmasa va unga yoʻl bersagina bunday transport vositalariga yondosh hududga kirish yoki chiqish harakatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q