Telegram Qozogʻistonda oʻz ofisini ochadi

Saqlash
14:27 / 14.10.2024 170 0

 

Ofisda noqonuniy kontentlar bilan ishlashda hukumat bilan hamkorlik qilish uchun alohida vakil boʻladi. Bu haqda Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev xabar bergan.

 

14-oktabr kuni Qozogʻiston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev AQSH Savdo palatasi va yirik Amerika kompaniyalari vakillari bilan uchrashgan.

 

“Biz, shuningdek, noqonuniy kontentni tezkor oʻchirish va zararli kanallarni bloklash borasida Telegram bilan ham faol hamkorlik qilmoqdamiz. Qonunchiligimizga koʻra, Telegram, WhatsApp va TikTok kabi internet platformalari endi Qozogʻistonda oʻz vakiliga ega boʻlishi shart. Telegram bilan ularning vakilini tayinlash va ofis ochish boʻyicha kelishuvga erishildi – bu kontent ustidan nazoratni kuchaytirish yoʻlidagi muhim qadam”, deya Madiyevning soʻzlarini keltirgan vazirlik matbuot xizmati.

 

Uchrashuvda Apple va Meta kompaniyalari vakillari ham ishtirok etgan. Madiyev “Firibgarlik sxemalariga qarshi kurashish boʻyicha Meta bilan hamkorlik boshlanayotganini” aytgan.

 

Meta vakillarining taʻkidlashicha, Qozogʻiston duch kelayotgan internet firibgarligi koʻplab mamlakatlar uchun umumiy muammodir. Soʻnggi chorakda Meta sunʻiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda butun dunyo boʻylab 1,2 milliard soxta akkauntlarni bloklagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//