Siyosat
Bugun, 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ashxobod shahrida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan xalqaro forum yuksak darajada oʻtkazilgani bilan samimiy muborakbod etgan.
Shundan soʻng tomonlar Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, koʻp qirrali hamkorlikni, ayniqsa siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.
Jumladan, oʻzaro tovar ayirboshlash jadal oʻsayotgani, birgalikda chegaraoldi savdo hududi barpo etilayotgani, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida hamkorlik kuchayib borayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, ikki davlat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqqan. Boʻlajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi ham muhokama qilingan.
Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q