Jahon
Nihon Hidankyo – Yaponiyada atom bombasidan omon qolganlar tashkiloti Nobel mukofotining “Tinchlik” boʻyicha sovrindori deb topildi. Bu haqda Norvegiya Nobel qoʻmitasi xabar beradi.
Tashkilot Nobel mukofotiga “Yadro qurollaridan holi dunyo yaratish uchun qilgan harakatlari va guvohlarning koʻrsatmalari bilan yadro qurollarini boshqa hech qachon qoʻllash kerak emasligini isbotlagani uchun” loyiq topilgan.
Nihon Hidankyo tashkiloti Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombasidan zarar koʻrganlarni birlashtirgan boʻlib, unga aʼzo boʻlganlar atom bombasidan zarar koʻrganlarni qoʻllab-quvvatlash uchun lobbizm bilan shugʻullanib, yadro qurollarni bekor qilishga chaqiradi.
Mukofot anʼanaviy tarzda, 10-dekabr Alfred Nobel vafot etgan kuni topshiriladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q