
Jamiyat
Toshkent shahrida prokuratura katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi. U fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish evaziga 40 ming dollar olib, qochib ketgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Fuqaro I.X. ariza bilan murojaat qilib, unda tergovchi Sh. Sh. uning korxonasiga ochilgan jinoyat ishini hal qilib berish uchun pul talab qilganini aytgan.
Ushbu ariza asosida 7-oktabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda tergovchi kelishilgan 40 ming dollarni olib, jinoiy ta’qibdan qutulish maqsadida noma’lum tomonga yashiringan. Pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan, deya xabar bergan Bosh prokuratura.
Holat yuzasidan Sh. Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q