Jamiyat
“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimga 2023-yil dekabr oyida tayinlangandi.
“O‘zbekiston temiryo‘llari”ning sobiq raisi iyul oyida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.
Prezident o‘shanda Hosilov bilan bir qatorda avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “O‘zsuvta’minot” rahbarlari, suv xo‘jaligi va transport vazirlari o‘rinbosarlari ishdan olinganini e’lon qilgandi.
Husniddin Hosilov 1970-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini injyener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “O‘zinterservis” qo‘shma korxonasi, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi, “O‘zbekiston temiryo‘llari” DATK, Vazirlar Mahkamasi departamentida turli lavozimlarda ishlagan.
2016-yil apreldan “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining bosh menejer — bosh muhandisi lavozimida ishlay boshlagan. U 2019-yilning fevralida 2002-yildan buyon kompaniya boshqaruv raisi sifatida ishlab kelgan Ochilboy Ramatov o‘rnini egallagan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q