Endi qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun 2500 soʻmdan haq toʻlanadi

Saqlash
23:08 / 09.10.2024 389 0

Qoʻlda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun 2 ming 500 soʻmdan haq toʻlanadi

 

Hukumat tomonidan belgilangan narx 9-oktyabr kunidan boshlab amal qiladi.

 

Maʼlumot uchun, bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan 1500 soʻmdan kredit mablagʻlari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa qoʻl terilgan har bir kilogramm paxta uchun berib kelinayotgan edi. Bu oʻz navbatida bir muncha qiyinchilik tugʻdirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqardi.

 

“Mazkur holatlarni har tomonlama hisoblab va undan keyin terimchilarni moddiy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida bugundan boshlab, respublikamizdagi barcha hududlardagi terimchilarga paxta terim narxi (qoʻl terimi uchun)ni har bir kilogramm uchun 2500 soʻm etib belgilash qayd etildi”, deyiladi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bergan xabarda.

 

Maʼlum boʻlishicha, toʻlanadigan mablagʻning 2000 soʻmi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan, 500 soʻmi esa klaster hisobidan ajratilib, dalaning oʻzida terimchilarga tarqatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//