
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga koʻra, oʻqituvchilar paxta terimi uchun odam topishga majburlanayotgani aytilmoqda.
Foto “Kainbek” Telegram kanalidan olindi.
Yozilishicha, ular bu jarayonda oʻquvchilarning ota-onalaridan paxtaga chiqib berishlarini soʻramoqda.
Mazkur xabarlarga iqtisodchi Otabek Bakirov ham munosabat bildirdi. Uning taʼkidlashicha, sentyabr maoshini olishi kechikkan oʻqituvchilar paxtaga odam topib berishi yoki ota-onalar chiqib berishi talablari bu xato qarorning oqibatlari hisoblanadi.
“Fermer majburlangandan keyin navbat keyingi huquqsiz qatlam oʻqituvchiga yetadi-da“, deb yozadi u.
Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriligi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Dilfuza Sobirovaning yozishicha, vazirlik majburiy mehnatning har qanday shakliga qatʼiy qarshi. Jumladan, oʻqituvchilarning paxta terimiga jalb etilishini noqonuniy holat deb hisoblaydi.
“Bugungi kunda vazirlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, aniqlangan har qanday noqonuniy holat yuzasidan huquq-tartibot organlari orqali albatta tegishli chora koʻrilishi taʼminlanadi.
Hurmatli pedagoglar, agar siz vakolatingizga kirmaydigan yumushlarga jalb qilinsangiz, zudlik bilan vazirlikning ishonch telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qiling: (71) 202-09-09”, deydi Axborot xizmati rahbari.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q