
Jamiyat
Dunyoning koʻplab mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasida ham Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan Sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan. Bu haqida Sanepidqoʻmita deb xabar berdi.
Bunda ushbu virus bilan kasallanishning oldini olish maqsadida:
▪️ Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;
▪️ Gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini koʻrish, qoʻshimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan toʻliq foydalanish;
▪️ Gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek, ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqotda boʻlmaslik;
▪️ Kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisoti va kasallikni oldini olish va profilaktikasi boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
▪️ Kasallikni nazorat qilishda xavfsiz inyeksiya usullarini qoʻllash, shaxsiy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yoʻq qilish;
▪️ Infeksiya boʻyicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish kabi choralar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Qoʻmita jiddiy xavotirga oʻrin yoʻqligini taʼkidlamoqda.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 29-sentyabrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Afrika qitʼasidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini maʼlum qilgan edi. Bunga 28-sentyabr holatiga koʻra mazkur davlatning 30 ta okrugidan yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat roʻyxatga olingani va shundan 6 tasi oʻlim bilan tugagani sabab boʻlgan.
JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q