
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratga koʻra, OʻzMU talabasi joriy yilning 7-oktyabr sanasida xayol bilan boʻlib, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari va boshqa ustozlarga salom bermagani uchun uzr soʻrab tushuntirish xati yozgan.
Surat keng jamoatchilik muhokamasidan tushmagach Milliy universiteti rasmiy munosabat bildirib, bunday holat universitetda sodir boʻlmaganini maʼlum qildi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar va postlarga javoban shuni maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Milliy universitetida yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari va boshqa ustozlarga salom bermagani uchun hech qanday masʼul tomonidan talabadan tushuntirish xati yozdirib olinmagan”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, universitet matbuot xizmati talabalarning ustozlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi, salom berishi yoki bermasligi ularning shaxsiy madaniyatiga taalluqli masala hisoblanishini ham taʼkidlagan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q