
Jamiyat
Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 (Dunyo universitetlari reytingi-2025) TOP-1000 oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatini eʼlon qildi.
Quvonarlisi, Oʻzbekistonning 3 ta oliy taʼlim muassasasi ilk bor ushbu roʻyxatdan joy oldi.
Bular:
▪️ “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti — 601–800 oʻrin;
▪️ Oʻzbekiston milliy universiteti — 1001–1200;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1501-oʻrin.
Bundan tashqari, Oʻzbekistondagi yana 48 ta OTM reportyor (daʼvogar) maqomida ushbu roʻyxatga kiritilgan.
Taʼkidlanishicha, THE'ning tadqiqot sifati mezoni boʻyicha tayyorlagan hisobotida Oʻzbekiston oliygohlarining ushbu mezondagi natijalari jahon oʻrtacha koʻrsatkichidan yuqorida ekani qayd etilgan.
Maʼlumot uchun, Times Higher Education reyting tashkiloti dunyoning 133 davlatiga tegishli 2 860 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarini baholab keladi. Bunda baholashning asosiy mezonlari ularning xalqaro darajadagi akademik nufuzi, ilmiy nashrlar faolligi, iqtiboslik samaradorligi, bilimlar transferi, xalqaro hamkorlik hamda ilm-fan va ijtimoiy soha ravnaqiga qoʻshgan hissasiga qaratiladi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q