Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bir kun (foto)

Saqlash
21:20 / 08.10.2024 1607 0

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining yangi binosiga press-tur tashkil etildi.

 

 

Tadbirda vazirlik mutasaddilari tomonidan OAV xodimlari, radio, televideniye, ommaviy nashrlar jurnalistlari va blogerlarga mazkur muassasa yaqindan tanishtirildi.

 

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov yig‘ilganlarga hamrohlik qilib, institut faoliyati borasida batafsil ma’lumotlar berdi.

 

 

Dastlab, OAV xodimlari Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik Muzeyi, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi hamda menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarning malakasini oshirish uchun 850 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari bilan tanishdi.

 

 

So‘ngra jurnalistlar innovatsion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan STEAM laboratoriyasida ham bo‘lishdi.

 

 

Jurnalistlarga institut tarkibida bo‘lgan, to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan, malaka oshirish maqsadida kelgan pedagoglar uchun hozirlangan 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona ham ko‘rsatildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//