Jamiyat
Yosh oʻtishi bilan insonning koʻrish qobiliyati pasayadi. Bu organizm keksaya boshlaganda yuz beradigan oʻzgarishlar bilan bogʻliq jarayondir. Biroq shunday xulosa boʻlsa-da, aynan bunga sabab boʻladigan aniq mexanizmlar shu paytgacha fanga maʼlum emas edi.
AQSh va Avstraliya olimlari esa koʻz ravshanligi pasayishi omillari hamda buning oldini olish yoʻlini aniqlashga muvaffaq boʻldi.
Undan oldingi tadqiqotlar jarayonida yosh oʻtgan sayin koʻrish qobiliyatining yomonlashishi(presbiopiya)ga turli koʻz kasalliklari sabab boʻlishi isbotlangan edi, ammo ular ham bu masalaga aniq nuqta qoʻymadi.
Bu galgi izlanishlar davomida ham katta yoshda koʻz ravshanligi pasayishining hujayraviy mexanizmi tasvirlab berilgan boʻlib, ahamiyatlisi, mazkur jarayonni toʻxtatish imkonini beruvchi usul taklif qilingan.
Maʼlumki, hozirgacha bu muammoga qarshi turli davolash texnologiyalari (koʻzlarga yorugʻlik toʻlqinlari, elektromagnit nurlanish yoki ultratovush orqali taʼsir oʻtkazish), tungi linzalar, dori-darmonlar, shuningdek, lazer korreksiyasi hamda mikrojarrohlik yoʻlidan foydalaniladi. Lekin muolajaning samarali boʻlishi bari-bir kafolatlanmagan.
Yangi tadqiqotda boʻlsa presbiopiya (koʻrish qobiliyatining yomonlashishi) inson ildiz hujayralaridan foydalangan holda olimlar tomonidan modellashtirildi.
Aniqlanishicha, yosh oʻtgan sayin koʻrish qobiliyati pasayishi jarayonida organizmda metalloproteinaz 3 (TIMP3) deb ataluvchi oqsil ishlab chiqariladi.
Ushbu modda koʻz salomatligi uchun zarur boʻlgan fermentlar faollashuvini pasaytirib, yalligʻlanishni keltirib chiqaruvchi boshqa fermentlar miqdorini oshiradi.
Tadqiqotchilar yalligʻlanishga sabab boʻluvchi ana shu fermentlar faolligini bloklash usulini sinovdan oʻtkazdi. Ularning yakuniy xulosasiga koʻra, bunday yondashuv koʻrish qobiliyatining yomonlashishini toʻxtatish va uni samarali davolash imkonini beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q