“Aeroportda bir ayol vafot etgani haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi” – Hayot Shamsutdinov

Saqlash
19:47 / 08.10.2024 207 0

Kecha, 7-oktyabr kuni, soat 17:34da Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida yoʻlovchi ayolning tobi qochgan.

 

HY-334 Dubay–Toshkent reysi bilan kelgan 1986-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi pasport nazoratidan oʻtgach darhol yordam soʻragan. U bosh ogʻrigʻi va oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan.

 

Yoʻlovchi shikoyatlari va u bilan birga uchib kelgan shaxslarning soʻzlarini inobatga olgan holda aeroport tibbiyot punkti xodimlari birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, kasalxonaga yotqizish uchun shahar tez yordam xizmatini chaqirgan.

 

Soat 18:32 da tez yordam mashinasi yoʻlovchini Toshkent aeroportining uchib kelish zalidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻlovchining vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu asossiz boʻlib chiqdi.

 

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, bunday xabarlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Hozirda ayol shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//