Jamiyat
Oʻqituvchilarning oylik ish haqi bugun tushirib beriladi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, oʻqituvchilarning oylik ish haqi qachon tushishi haqida savollar koʻpaygan. Shu sababli ham u kecha, 7-oktyabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati bilan bogʻlanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, barcha texnik nosozliklar oʻz yechimini topgan va kechaning oʻzida oʻqituvchilarga oylik ish haqini tushirish (nachisleniye) jarayoni boshlangan.
Moliya masalalariga masʼul barcha xodimlar tuni bilan ishda boʻlgan va maksimal darajada barcha hududlardagi oʻqituvchilarga oylik ish haqini tushirishga harakat qilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, 7-oktyabrgacha 50 foizga yaqin xodimlarga oylik ish haqi hisoblab, oʻtkazib boʻlingan. Biroq banklarda ish kuni yopilgani uchun, plastik kartada raqamlar 8-oktyabr kuni koʻrinishi mumkin.
Biroq oʻqituvchilarning oylik ish haqi bugundan kech qolmasdan tashlab beriladi.
Jamiyat
Sport
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
110057
Jamiyat
94309
Jamiyat
90171
Jamiyat
73490
Jamiyat
//
Izoh yo‘q