Jamiyat
Bugun, 7-oktyabr kuni, soat 15:45 da Qashqadaryo viloyati Qarshi tumaniga qarashli “Dasht” MFY hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida Kamaz-512 rusumli avtomobilidan sigʻimga (yomkostga) gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan. Chaqnash natijasida yongʻin yuzaga kelgan.
FVV 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 15:56 da hodisa joyiga yetib borib, voqea joyi soat 16:00 da oʻrab olingani va yongʻin soat 16:45 da oʻchirilganini maʼlum qildi.
Hodisa natijasida shoxobcha binosining 22 kv/m maydonida tom qismi yonib, zararlangan. Tan jarohati olgan va vafot etganlar aniqlanmagan.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari yetib kelgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111894
Jamiyat
94688
Jamiyat
90687
Jamiyat
75392
Jamiyat
//
Izoh yo‘q