Jamiyat
Fargʻona viloyatida kuyov tomon kelin tomondan toʻyga sarflangan 15 ming dollarni qoplab berishini talab qildi.
Maʼlum boʻlishicha, toʻy joriy yilning avgust oyida boʻlib oʻtgan boʻlib, kelin-kuyov toʻydan keyin 7 kun birga yashagan, biroq hech qancha vaqt oʻtmay kelishmovchilik sababli oʻrtadagi munosabat buzilgan. Shundan soʻng ular alohida yashay boshlagan.
Xabarda yozilishicha, kelin uyiga ketib qolgach kuyov tomon oʻrtadagi nikoh buzilganini maʼlum qilgan. Yarashtirish ham ish bermagan. Kelin tomon sepni olib ketishga borganida, kuyov tomon mulklarni bermagan.
Kuyovning ota-onasi kelin hech bir sababsiz uyga ketib qolgani, toʻy uchun 15 ming dollar pul sarflab qoʻygani va kelin tomon uni qoplab berishi kerakligini aytib, sepini oʻz xohishlari bilan qaytarib bermagan
Oradan vaqt oʻtib kelin kuyovdan sepini olib berishini soʻrab, sudga murojaat qilgan. Sud qaroriga koʻra quda tomon MIB yordamida kuyov tomondan 60 turga yaqin 47 million soʻmlik sepni qaytarib olgan.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q