Ilm-fan
YUNESKO statistika institutining 2023-yil 1-yanvar holati boʻyicha bergan maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6 859,4 ming nafarga yetgan.
Oldingi yillar bilan solishtirganda, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar soni dunyo boʻyicha bir yil ichida qariyb 419 ming nafarga ortgan.
Quyida oʻqish istagida boʻlgan yoshlari xorijda eng koʻp tahsil olayotgan davlatlar TOP-10 taligi keltirilgan:
▪️ Xitoy – 1052,3 ming nafar;
▪️ Hindiston – 621,6 ming nafar;
▪️ Oʻzbekiston – 150,5 ming nafar;
▪️ Vyetnam – 134,1 ming nafar;
▪️ Germaniya – 126,2 ming nafar;
▪️ AQSh – 115,0 ming nafar;
▪️ Fransiya – 113,5 ming nafar;
▪️ Suriya Arab Respublikasi – 105,0 ming nafar;
▪️ Nepal – 95,1 ming nafar;
▪️ Pokiston – 90,6 ming nafar.
Oldinroq 2024-yilda oʻzbekistonlik yoshlar oʻqish uchun asosan qaysi mamlakatlarni tanlagani haqida xabar berilgan edi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112312
Jamiyat
94984
Jamiyat
91107
Jamiyat
75872
Jamiyat
//
Izoh yo‘q