Bu yil oʻzbekistonlik yoshlar oʻqish uchun asosan qaysi mamlakatlarni tanlagani ochiqlandi

Saqlash
14:17 / 30.09.2024 330 0

2024-yilda chet elga oʻqish maqsadida ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari necha nafarni tashkil etayotgani maʼlum boʻldi.

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar yosh oʻqish maqsadida chet elga borgan.

 

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafar yoki 2,4 foizga koʻpdir.

 

Yanvar-avgust oylarida oʻqish uchun tanlangan mamlakatlar quyidagicha:

▪️ Tojikiston — 10 701 nafar;

▪️ Rossiya — 6 032 nafar;

▪️ Qirgʻiz Respublikasi — 2 408 nafar;

▪️ Turkiya — 1 640 nafar;

▪️ Janubiy Koreya — 1 383 nafar;

▪️ Qozogʻiston — 1 102 nafar;

▪️ Xitoy — 507 nafar;

▪️ Buyuk Britaniya — 475 nafar;

▪️ AQSh — 355 nafar;

▪️ BAA — 238 nafar;

▪️ boshqa davlatlar — 974 nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//