Jamiyat
Yangi tartibga koʻra, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotida boʻlishi mumkin.
Bunda Oliy taʼlim vazirligi tomonidan talabalar oʻrtasida har yili tanlov oʻtkaziladi.
Amaliyot oʻtash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) oʻrin ajratiladi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga amaliyot oʻtayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming soʻm) ish haqi toʻlanadi. Mazkur mablagʻ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan tashkilot hisobiga oʻtkazib beriladi.
Bundan tashqari, amaliyot oʻtalayotgan korxona talabani qoʻshimcha ragʻbatlantirishi ham mumkin.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
109652
Jamiyat
94036
Jamiyat
89811
Jamiyat
72965
Jamiyat
//
Izoh yo‘q