Jamiyat
Istanbulga sayyoh boʻlib kelgan va hujjatlari bilan pullarini oʻgʻirlatgan 74 yoshli fuqaro (ayol) Oʻzbekistonga qaytarildi.
Xabarga koʻra, 4-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga soat taxminan 20:05 larda 74 yoshli fuqaro K.G. murojaat yoʻllagan.
U Istanbulda pulsiz va hujjatsiz qiyin ahvolda qolgani sababli Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻragan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqaro joriy yilning 27-sentyabr kuni Toshkentdan Istanbulga sayyoh sifatida uchib kelgan va shu yilning 4-oktyabr kuni Turkiyadagi savdo shoxobchalarining birida oʻziga tegishli boʻlgan hamyonini oʻgʻirlatib qoʻygan.
Bosh konsulxona tomonidan murojaatchining yoshi va qoʻlida qaytish chiptasi borligini inobatga olinib, zudlik bilan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgan va masʼullar ayolni aeroportga kuzatib qoʻygan.
Endilikda konsulxona Turkiyadagi Oʻzbekiston fuqarolaridan pasportlari hamda shaxsiy buyumlarini xavfsiz joyda saqlashi va muhim hujjatlardan nusxa olib qoʻyishini tavsiya etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q