Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda chiqindi pulini toʻlamagani xonadonlarda elektr energiyasini oʻchirib qoʻyish boshlangani haqida xabarlar tarqaldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ holatga rasmiy izoh berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Prezident farmoniga koʻra, chiqindi xizmatlari uchun oylik toʻlovlardan qarzdorligi boʻlgan abonentlarni SMS orqali xabardor qilib borish amaliyoti belgilangan.
Shuningdek, ushbu hujjatga asosan qarzdorlik boʻyicha ogohlantirilgandan keyin ham toʻlov qilmagan shaxslarning elektr uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti ham joriy etilishi koʻrsatib oʻtilgan.
Xabarga koʻra, endi ushbu farmon ijrosini taʼminlanmoqda. Jumladan, joriy yilning oktyabrь oyidan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” АJning 2100 qisqa raqami orqali qarzdorlik haqida ogohlantirish xabarlarini yuborish boshlandi.
Hozirda ogohlantirishdan keyin ham qarzni toʻlamagan xonadonlarning elektr energiyasi uchun qiladigan toʻlovlariga cheklovlar kiritish boʻyicha texnik ishlar olib borilmoqda.
Taʼkidlanishicha, xabarlarni yuborish jarayonida Ekologiya vazirligi taqdim etgan maʼlumotlarga asoslaniladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q