Jamiyat
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi xususiy maktablardan birida oʻqituvchilar 16 yosh bolani urdi.
Bolalar ombudsmanining bergan xabarida yozilishicha, holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, mazkur xususiy maktabning 9-sinf oʻquvchisi, 2008-yilda tugʻilgan Gʻ.J.ga maktab oʻqituvchilari A.F. va N.M. tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan.
Tayinlangan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, Gʻ.J. ga yengil tan jarohati yetkazilgan.
.jpg)
Surat ijtimoiy tarmoqlardan olindi
Hozirda mazkur holat yuzasidan A.F. va N.M. larning xatti-harakatlariga qonuniy chora koʻrish uchun ish materiallari Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tumani sudiga yuborilgan.
Bolalar ombudsmani bu boʻyicha hali qoʻshimcha axborot berilishini taʼkidlaydi.
Madaniyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112058
Jamiyat
94746
Jamiyat
90766
Jamiyat
75570
Jamiyat
//
Izoh yo‘q