Ijodiy faoliyatga oid qonun qabul qilindi

Saqlash
21:38 / 04.10.2024 449 0

“Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.

 

Bundan koʻzlangan maqsad kreativ iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.

 

Hujjatga koʻra, kreativ industriya sohalaridagi faoliyat yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

▪️ adabiy ijod;

▪️ amaliy sanʼat va hunarmandchilik;

▪️ arxitektura, loyihalashtirish va urbanistika;

▪️ audiovizual sanʼat;

▪️ ijrochilik sanʼati;

▪️ konsert-tomosha faoliyatini va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;

▪️ raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyat.

 

Taʼkidlanishicha, kreativ industriya sohalarida fuqarolarning oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kreativ iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sanaladi.

 

Shu sababli ham Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini taʼminlaydi.

 

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi esa kreativ industriya sohalarini rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organi boʻladi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//