Ertaga 9 ta viloyatda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Saqlash
14:43 / 04.10.2024 252 0

Oʻzgidromet 5-oktyabr kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Xususan, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15... +17, kunduzi +22... +24 boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10.. +15, kunduzi +23... +28 boʻladi.

 

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10... +15, kunduzi +23... +28 boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10... +15, kunduzi +23... +28 boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12... +17, kunduzi +20... +25 boʻladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13... +18, kunduzi +21... +26 boʻladi.

 

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15... +20, kunduzi +23... +28 boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12... +17, kunduzi +25... +30 boʻladi.

 

Togʻ oldi va togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻladi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7... +12, kunduzi +10... +15 boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:42 / 04.10.2024 0 65
10 yoshli bola IELTS'dan 7 ball oldi

Jamiyat

17:35 / 04.10.2024 0 216
Xususiy maktab oʻqituvchilari oʻquvchini urdi

Jamiyat

16:38 / 04.10.2024 0 143
Ijodiy faoliyatga oid qonun qabul qilindi

Jamiyat

14:43 / 04.10.2024 0 253
Ertaga 9 ta viloyatda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

//