“Hamkorbank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi

Saqlash
16:41 / 04.10.2024 410 0

Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan “Hamkorbank” ATBga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi.

 

Bunga onlayn mikroqarz boʻyicha bank xizmati reklama axborotida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi maʼlumot berilgani sabab boʻlgan.

 

Jumladan, bank xizmati sifatida joylashtirilgan “Onlayn mikroqarz” – “Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million soʻm — Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama bankning internetdagi rasmiy sahifasida joylashtirilgan maʼlumotlar bilan solishtirganda, mikroqarz bank xizmati boʻyicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgani, reklamada ushbu kreditning qolgan muhim shartlari koʻrsatilmagani aniqlangan.

 

“Reklamaning bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin”, deyiladi qoʻmita xabarida.

 

Yakunda keltirilgan asoslarga binoan qoʻmitaning Maxsus komissiyasi “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilish alomatlari bilan “Hamkorbank” ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilgan.

 

Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida boshqa yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//