Jamiyat
Prezident Farmoni bilan maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligi yanada oshiriladi.
Jumladan, davlat taʼlim dasturi doirasida kichik va oʻrta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor hamda ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish, katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda esa bilim olish, kommunikativ hamda ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv-metodik materiallar ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, keyingi yilning 1-avgustidan maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va oʻquv-metodik materiallar Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi hamda ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Axborot tizimida, shuningdek, ota-onalar uchun shaxsiy kabinet ham yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi maʼlumotlarining joylashtirilishi taʼminlanadi.
2026/2027-oʻquv yilidan esa bogʻchalar tomonidan mazkur axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi.
Aynan shu davrdan boshlab maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berish boshlanadi.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q