Jamiyat
Turkiyada ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 3 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi.
Turli sabablar tufayli qarovsiz qolgan 16 yoshli va 6 yoshli 2 nafar qiz va 11 yoshli 1 nafar oʻgʻil bolaning vatanga qaytishi yaqin qarindoshlarning murojaatlari asosida bajarilgan.
Ularni Oʻzbekistonga olib kelish Istanbul shahridagi Bosh konsulxona, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida amalga oshirilgan.
Bolalar 2-oktyabr kuni masʼul xodimlarning kuzatuvi ostida Toshkent shahriga yuborilgan.
Konsullik oʻz xabarida ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini xorijiy davlatlarda nazoratsiz qoldirmasliklarini, befarq boʻlmagan fuqarolardan esa chet elda qarovsiz qolib ketgan bolajonlar toʻgʻrisida zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy diplomatik vakolatxonalariga xabar berishlarini soʻragan.
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112152
Jamiyat
94836
Jamiyat
90894
Jamiyat
75686
Jamiyat
//
Izoh yo‘q