Siyosat
Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi.
Unda Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligi aytilgan.
“Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan boʻlgan xatar va tahdidlarning misli koʻrilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz”, deyiladi bayonotda.
Yozilishicha, Oʻzbekiston qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga chaqirgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yoʻl bilan hal etish uchun shoshilinch choralar koʻrish zarurligini yana bir bor taʼkidlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q