Siyosat
Gumonlanuvchi shaxs 1983-yilda tugʻilgan fuqaro ekani aniqlangan.
2024-yilning 2-oktyabr kuni Yangiyoʻl shaharida yashovchi fuqaro shahar IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda voyaga yetmagan, 2020-yilda tugʻilgan I.M.ga nisbatan nomaʼlum shaxs gʻayritabiiy usulda zoʻrlik ishlatganligi haqida maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, gumonlanuvchi shaxs 1983-yilda tugʻilgan fuqaro B.D. ekani aniqlangan.
Shuningdek, oʻrganishlar jarayonida gumonlanuvchi B.D.ning yonida 15 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, uning Yangiyoʻl tumani hududida joylashgan yashash xonadoni xolis insonlar ishtirokida tekshirilgan.
Natijada xonadon oshxonasidan 20 dan ortiq yelim idishlarda, maydalangan va quruq holdagi “Marixuana” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 4-qismi va 25/273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro B.D. protsessual tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi boʻyicha qoʻshimcha ravishda axborot berilishini taʼminlanadi, degan IIV masʼuli.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q