Jamiyat
1-oktyabr kuni AQShning Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Xabarga koʻra, mazkur bilim yurti oliy taʼlim sohasiga yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini joriy etish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, asosiy eʼtibor muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlashga qaratilgan.
Joriy, yaʼni 2024/2025-oʻquv yilidan esa ushbu universitet Xalqaro savdo va Dasturiy muhandislik yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichida talabalarni oʻqishga qabul qiladi.
Oʻquv dasturlari kengayib borgan sayin ushbu OTM Arizona davlat universitetining diplomlaridan tashqari AQShning boshqa yetakchi universitetlari diplomlarini berishi ham mumkin boʻladi.
Maʼlumot uchun, hozirda Arizona davlat universiteti “Cintana Education” kompaniyasi va “Times Higher Education” reytingida 182-oʻrinni egallab kelmoqda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q