Siyosat
O‘zbekiston Stadler kompaniyasidan ikkita tarkib xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.
“O‘zbekiston-2030” rivojlanish strategiyasida har yili harakat tarkiblarini yangilash belgilangan.
Ilhom Mahkamovning aytishicha, kupe, platskart va o‘rindiqli tarkiblarini xarid qilish uchun alohida dastur tuzilgan. Bunda O‘zbekiston bo‘ylab 5 soatgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda elektropoyezdlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.
2024-yilda Xivaga qadar temiryo‘l tizimini elektrlashtirish yakuniga yetkaziladi. Ushbu yo‘nalishda Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem poyezdlari harakatlanadi.
Bundan tashqari, Yevropaning Stadler kompaniyasidan ikkita tarkib xarid qilinmoqda. Bu poyezdlar O‘zbekiston yo‘llarida sinab ko‘rilib, ishlatilganidan so‘ng, kattaroq ko‘lamda ko‘proq xarid qilish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q