Dasturiy oʻyinlar va ijtimoiy tarmoqlar oʻsmirlarni psixologik qiyinchiliklarga duchor qiladi

Saqlash
15:11 / 02.10.2024 233 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti har oʻninchi oʻsmir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter oʻyinlariga qaram boʻlib qolayotganini maʼlum qildi.

 

Qaramlik oqibatida esa ular psixologik qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

 

Maʼlumotlariga koʻra, bunday oʻgʻil-qizlar oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik darajasi 2018-yilda 7 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda ushbu koʻrsatkich 11 foizga oshgan.

 

Ana shu oʻsmirlarning 12 foizi ruhiyati va xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi dasturiy oʻyinlar taʼsiriga tushib qolgani jiddiy xavotir uygʻotadi.

 

Mazkur xulosalarga 2022-yili 44 mamlakatda 11, 13 va 15 yoshli 280 mingga yaqin yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov natijalari asos qilib olingan.

 

Maʼlum boʻlishicha, mazkur qatlamning 11 foizi ijtimoiy tarmoqlarga qaram boʻlib qolgan. Bu holat qizlarda (13 foiz) oʻgʻil bolalarga (9 foiz) nisbatan koʻproq. Kompyuter oʻyinlariga bogʻlanib qolish koʻrsatkichi esa qizlarga (7 foiz) nisbatan oʻgʻil bolalarda (16 foiz) yuqori.

 

Shundan kelib chiqib, ekspertlar muammoning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan hukumatlarga tegishli tavsiyalar bermoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//