Jamiyat
Hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan Isroildagi Oʻzbekiston elchixonasi mazkur mamlakatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga tezkor ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy tavsiya qildi.
Jumladan, ulardan raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kirishi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo oʻzi bilan olib yurishi soʻralmoqda.
Shuningdek, xabarda Isroil hukumati hamda Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borish, Isroil front orti qoʻmondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qilish lozimligi aytiladi.
“Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga murojaat qiling”, deyiladi xabarda.
• Favqulodda yordam telefonlari:
03-672-2466;
03-672-2371;
03-758-5075;
03-758-5076.
• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:
054 485 1397.
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112182
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q