
Jamiyat
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hududida yongʻin yuz berdi.
Samarqand Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maʼlum qilishicha, kecha, 1-oktyabr tunida Samarqand shahar “Lolazor” koʻchasida joylashgan oliygohga tegishli yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yongʻin sodir boʻlgan.
Boshqarmaga hodisa haqida chaqiruv xabari soat 23:45 da kelib tushgan.
Xabarga asosan jalb qilingan 6 ta yongʻin qutqaruv ekipaji soat 23:54 da voqea joyiga yetib borgan va soat 00:30 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Aniqlanishicha, yongʻin natijasida eski qurilish mahsulotlari yonib, zararlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q