Jamiyat
Bugun, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shundan soʻng yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin boʻlayotgan hudud soat 21:36 da qurshab olingan va bartaraf etish ishlari boshlangan. Soat 22:10 da esa yongʻin batamom oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.
Xabarda aytilishicha, yongʻinni bartaraf etish jarayonini favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A.X.Qoʻldoshev bevosita hodisa joyidan turib boshqarib borgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q