Jamiyat
Komil Ismoilovich Allamjonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, lavozimdan ozod etilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan amalga oshirilgan.
“Komil Allamjonov yurtimizda soʻz erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash va xalq taʼlimi tizimini takomillashtirish boʻyicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi.
Komil Ismoilovich bilan yaqindan ishlagan koʻp sonli hamkasblarimiz qatorida uning kasbiy mahoratini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman”, deb yozadi Asadov oʻzining sahifasida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109916
Jamiyat
94274
Jamiyat
90119
Jamiyat
73352
Jamiyat
//
Izoh yo‘q