Jamiyat
Oʻqituvchi va murabbiylar ishtirokida oʻtgan muloqotda Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqilishini taʼkidladi.
Ushbu maqsad bilan xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladigan boʻldi.
Ragʻbatlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni ham 18 tadan 22 taga yetkazilishi aytildi.
Eng muhimi esa, nufuzli xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblariga beriladigan pul mukofotlari rasman tasdiqlandi.
Bunda taqdirlanish quyidagicha:
▪️ Oltin medal uchun – 170 million soʻm;
▪️ Kumush medal uchun – 102 million soʻm;
▪️ bronza medal uchun – 68 million soʻm.
Shuningdek, ana shu oʻquvchilarning oʻqituvchilari 50 milliondan 150 million soʻmgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratilishi belgilandi.
Bundan tashqari, ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar jamoasi rahbarlarini ham ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda har bir bronza, kumush, oltin medal uchun 5 milliondan 15 million soʻmgacha mukofot pullari berilishi taʼkidlandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q