Jamiyat
Davlat rahbari xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan yoshlarni tantanali kutib olib, ularni ham qahramonlar sifatida eʼzozlab, xalqqa tanitish kerakligini aytdi.
Shu maqsadda endi maktablardagi “Iftixor xonalari” va markaziy koʻchalardagi koʻrgazma vositalari, ommaviy axborot vositalari orqali gʻolib oʻquvchi va murabbiylar keng targʻib etib boriladi.
Yozuvchilar uyushmasi esa Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari haqida chiqargan sermazmun kitoblar kabi xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilari haqida ham kitoblar nashr etadigan boʻldi.
Taʼkidlanishicha, bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf oʻquvchilari uchun alohida sinflar tashkil etilgan boʻlib, unda 350 nafar oʻquvchi qamrab olingan.
Kelgusi oʻquv yilidan esa mazkur turdagi sinflar yana 60 ta maktabda, jumladan, 10 ta ixtisoslashgan maktabda joriy etiladi.
Bu sinflarni bitirganlar agar OTMga oʻqishga kirsa, 2-kursdan maktabga borib kasbiy mahoratini oshirishi mumkin boʻladi.
Alohida qobiliyatga ega talabalarga esa dars oʻtgani uchun oylik ham toʻlanadi.
“Shu borada yana bir taklif. Pedagogika yoʻnalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etsak, nima deysizlar?” deya taklif bildirgan Prezident muloqot davomida.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q