Shavkat Mirziyoyev taʼlim tizimidagi muammolar haqida gapirdi

Saqlash
12:58 / 30.09.2024 428 0

Oʻqituvchi va murabbiylar bilan oʻtayotgan muloqotda davlat rahbari taʼlim tizimidagi muammolar haqida gapirdi:

 

“Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda oʻqituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli taʼlimni taʼminlay olmaymiz. Bu – ayni haqiqat.

 

Afsuski, bugungi kunda, davlat taʼlim muassasalarida 46 ming nafar (7 foiz), xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5-yil davomida malaka oshirmagan.

 

Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof boʻlishi uchun sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar qoʻllandi.

 

Natijada 198 ming oʻqituvchidan 21 ming nafari (10 foiz) malaka boʻyicha yetarli ball toʻplay olmadi.

 

Afsuski, bunday holatlar oʻquvchilarning bilimiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

 

Bu yil bitiruvchilarning 130 ming nafari (30 foizi) oliygohlarga kirishda eng past – 57 ball ham toʻplay olmagan.

 

Bu barchamizni tashvishga solishi kerak”, degan Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:42 / 04.10.2024 0 438
10 yoshli bola IELTS'dan 7 ball oldi

Jamiyat

17:35 / 04.10.2024 0 414
Xususiy maktab oʻqituvchilari oʻquvchini urdi

Jamiyat

16:38 / 04.10.2024 0 314
Ijodiy faoliyatga oid qonun qabul qilindi

Jamiyat

14:43 / 04.10.2024 0 396
Ertaga 9 ta viloyatda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

//