Tanlov g'oliblari taqdirlandi

Saqlash
13:38 / 28.09.2024 320 0

Kecha, 27-sentyabr kuni  Yoshlar ijod saroyida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”, “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq” hamda “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” Respublika ko‘rik-tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

 

Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” tanlovining Respublika bosqichi g'oliblari:

 

🔹 1-o‘rin —  Zohidjon Xolov (Toshkent viloyati);

 

🔹 2-o‘rin — Islomjon Qo‘chqorov (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi);

 

🔹 3-o‘rin — Alisher Boymurodov (Toshkent shahri).

 

“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” tanlovining nominatsiya g'oliblari:

 

▪️ “Tinchlik tarannum etilgan eng yaxshi she’r” — Nurlepesova  Gulnara (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);

 

▪️ “Yurtga sadoqat madh etilgan eng yaxshi she’r” — Odilov Shoxjahon (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati);

 

▪️ “Milliy ruhdagi eng yaxshi she’r” — Xolmo‘minov O‘lmasbek (Samarqand viloyati).

 

 


“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik” tanlovining Respublika bosqichi g'oliblari:

 

🔹 1-o‘rin — Narzullaev Timur (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi);


🔹 2-o‘rin — Umrbek Ro‘zimov (Xorazm viloyati);


🔹 3-o‘rin — Dilxushbek Raxmonov (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati).

 

“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik” tanlovining nominatsiya g'oliblari:

 

▪️ “Milliy qadriyatni eng yaxshi aks ettirgan videorolik” — Abdurahmonova Sohibaxon (Farg‘ona viloyati);

 

▪️ “Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish mavzusidagi eng yaxshi videorolik” — Qo‘ziboev Oybek (Buxoro viloyati);

 

▪️ “Yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi videorolik” — Muhammadjonova Go‘zal (Sirdaryo viloyati).

 

 

 

“Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq” tanlovining Respublika bosqichi g'oliblari:

 

🔹 1-o‘rin — Shuhratxon Muhammadxonov (Milliy gvardiya);


🔹 2-o‘rin — IIV Qo'shiq va raqs ansambli xodimlari (Ichki ishlar vazirligi);


🔹 3-o‘rin — Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansamblining vokal guruhi xonandalari (Qurolli Kuchlar).

 

“Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq” tanlovining nominatsiya g'oliblari:

 

▪️ “Mardlik va jasoratni targ'ib etadigan eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq” — Azim Qalbaev (Qoraqalpog'iston Respublikasi);

 

▪️ “Tarixiylik va milliylikni aks ettirgan eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq” — Dorobjon Shirmonov (Farg'ona viloyati);

 

▪️ “Vatanparvarlik ruhidagi eng mazmundor va tasirchan qo'shiq" — Mohichehra Mingboeva (Favqulodda vaziyatlar vazirligi).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//