Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam avtomashinasi nosoz holda harakatlanib ketayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Holat boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 23-sentyabr kuni ertalab soat 05:21 da Toshkent shahrining Doʻmbirobod va Farhod koʻchalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan Yangihayot tumanidagi 13-sonli podstansiyaga tegishli tez tibbiy yordam avtomashinasi amortizatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgani sabab shunday harakatlangan.
Bu paytda avtomashina tezligi soatiga 40 km atrofida boʻlib, uning ichida faqatgina haydovchi boʻlgan.
Shundan soʻng avtoulov darhol Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali avtokorxonasiga olib kelinib, nosozlik toʻliq bartaraf etilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q