Pensiya tizimi isloh qilinadi

Saqlash
20:13 / 27.09.2024 485 0

“Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda keltirilishicha, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov boshchiligida ishchi guruh tuziladi va unga xalqaro moliya va mehnat tashkilotlari ekspertlari ham jalb qilinadi.

 

Mazkur guruhning asosiy vazifalari amaldagi davlat pensiya taʼminotida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda xorijiy tajriba asosida tizim barqarorligini taʼminlash, shuningdek, ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlashdan iborat.

 

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda guruh vazirlik va idoralar, ilmiy va taʼlim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.

 

Pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi 2025-yil 1-martigacha ishlab chiqilib, Prezidenti administratsiyasiga kiritilishi lozim.

 

Loyiha boʻyicha takliflar mazmun-mohiyati OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritiladi hamda soʻrov oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//