
Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotli (harbiy kafedralarni tamomlagan) fuqarolar uchun tanlov eʼlon qildi.
Taklif etilayotgan yoʻnalishlar quyidagicha:
▪️ qurilish muhandisligi;
▪️ neft va gaz kimyosi;
▪️ gidrotexnika va geotexnika muhandisligi;
▪️ gidrotexnika qurilishi;
▪️ atrof-muhit muhandisligi;
▪️ axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti;
▪️ hayot faoliyati xavfsizligi.
Nomzodlarga bir nechta talablar qoʻyilgan.
Jumladan:
▪️ zaxiradagi ofitser “leytenant” unvoniga ega boʻlishi;
▪️ 30 yoshgacha boʻlishi;
▪️ mutaxassisligi boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlishi (2024-yilda oʻqishni tamomlaganlar bundan mustasno);
▪️ jismoniy tayyorgarligi talabga javob berishi;
▪️ kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi.
Tanlov 4 ta bosqichda oʻtkaziladi:
▪️ jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinov topshirish;
▪️ psixoemotsional barqarorligini baholash (test);
▪️ kompyuter savodxonligini baholash;
▪️ yakka tartibda suhbat.
Buning uchun mazkur hujjatlar berilishi lozim:
▪️ Pasport (ID-karta);
▪️ Harbiy guvohnoma;
▪️ Diplom va uning ilovasi;
▪️ Haydovchilik guvohnomasi (mavjud boʻlsa);
▪️ Anketa maʼlumotnoma (rezyume) nomzod oʻzi va yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq koʻrsatishi shart;
▪️ Ish joyidan tavsifnoma (xarakteristika);
▪️ Oʻquv kurslarida oʻqiganligi toʻgʻrisida sertifikati (kurslarda oʻqigan boʻlsa).
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar hujjatlarni joriy yilning 15-oktyabr kuniga qadar (soat 09.00 dan 17.00gacha) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Kadrlar boʻlimiga taqdim qilishi soʻraladi.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q