O‘zbekiston va Xitoy atrof-muhitni muhofaza qilishda hamkorlik qiladi

Saqlash
17:32 / 26.09.2024 80 0

Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik ko‘zda tutilgan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

 

Qaror bilan 2024-yil 24-yanvarda Pekin shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Xitoy hukumati o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

 

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlarining Pekinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralaridan so‘ng ikki davlat o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolangandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//