Chilonzorda oʻquvchini urgan oʻqituvchi 7 sutkaga qamaldi

Saqlash
14:36 / 26.09.2024 216 0

Toshkentdagi 188-sonli maktabda bolani kaltaklagan ayol boshqa bir qancha huquqbuzarliklar sodir etgani aniqlanib, javobgarlikka tortildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar qildi.

 

Maʻlum qilinishicha, 24-sentyabr kuni 1980-yilda tugʻilgan R.O. qizi J.R. (2010-yilda tugʻilgan) tahsil oladigan Yashnobod tumanidagi 204-umumiy oʻrta taʻlim maktabiga borib, maktab rahbariyati bilan tortishib, maktab direktorining MMIB oʻrinbosari boʻlgan ayol Gʻ.M.ga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan.

 

Ayoldan jamoat tartibiga rioya qilish soʻralganida, maktab hududida Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan gʻayriijtimoiy munosabatda boʻlib, ularning qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik koʻrsatgan. Ushbu noqonuniy harakatlarini R.O. koʻplab maktab oʻquvchilari koʻz oʻngida sodir etgan.

 

25-sentyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish koʻrib chiqildi. R.O. sud tomonidan Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 197-5-moddasi (taʻlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) bilan aybdor deb topildi.

 

Unga 7 sutka maʻmuriy qamoq jazosi, BHM ning 3 baravari (1 020 000 soʻm) va BHMning 7 baravari (2 380 000 soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

“Pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak. Nomunosib xulqli, bola sogʻligʻi uchun xavfli shaxslar taʻlim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyish mumkin emas”, deyiladi bolalar ombudsmani xabarida.

 

R.O.ning Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumtaʻlim maktabda 6-sinf oʻquvchisiga nisbatan sodir etgan harakati yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiriv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//