Madaniyat
“Diydor teatr-studiya”sida “Buzruk haqida afsona” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi. Spektaklni Gabriel Garsia Markesning “Buzrukning kuzi” romani asosida Aleksandr Patrushev sahnalashtirgan.

“Buzruk haqida afsona” spektaklida bosh qahramon rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, aktyor Egamberdi Rahimov ijro etgan.

Har bir qahramon so‘z va harakatida o‘zligini yo‘qotgan, ishonchdan ayro, maqsadsiz, axloqsiz, xudbin insonlarning jamoaviy va alohida-alohida, o‘zigagina tegishli fojialarini namoyish qiladi.

Fantastik, mifologik unsurlardan samarali foydalanilgan spektakl bir qaraganda kolumb yozuvchi romanining ko‘lamini qamrab ololmagandek tuyulishi mumkin. Lekin siansdan keyin har bir tomoshabin chuqur o‘yga tolishi shubhasiz. Spektaklda mafkura orqali insoniyatning tuzoqqa qanday tushishi fojialari ko‘rsatib beriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q